У нас есть только
оригинальные песни

LG G6 smartfoni 1 oy oldin taqdim etiladi

calendar 28.12.2016
1188

LG Electronics kompaniyasi o'zining navbatdagi flagmanini odatdagidan 1 oy oldin chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Korea IT News nashri xabar bermoqda. 

Kompaniyaning avvalgi flagmani LG G5 2016 yil 31 martda taydim etilgandi. Biroq kompaniya o'zining LG G6 smartfonini 2017 yilning fevral oyi oxirida yoki mart boshida taqdim etmoqchi. 

Manba bergan ma`lumotga ko'ra, buning sababi kompaniya LG G6'ni raqobatchilardan oldinroq taqdim etib, o'z flagmani savdosini oshirmoqchi. 

Яндекс.Метрика