У нас есть только
оригинальные песни

LG iPhone 7 Plus uchun qo'shaloq kameralar etkazib berishi mumkin

calendar 23.05.2016
1393

Apple kompaniyasining yangi iPhone 7 Plus’da amalga oshirmoqchi bo'lgan eng katta o'zgarishlaridan biri bu ikki ob'ektivkali kamerani joriy etilishi bilan bog'liqdir. Odamlar orasida aynan shu xususiyat ko'proq muhokama qilinmoqda. Boshqa ishlab chiqaruvchi kompaniyalar qo'shaloq kameralardan allaqachon foydalanishni boshlashgan. Biroq Apple uchun bu yangilik bo'ladi. 

Dastlab, ikki tomonlama ob'ektiv tizim uchun modullarni etkazib berish Sony’ga topshirilgan edi, biroq so'nggi mish-mishlarga qaraganda, kompaniya belgilangan muddatgacha buni hal qila olmasligi mumkin. 

Endilikda Apple LG bilan shartnoma tuzish niyatida. Bu haqida Nomura Securities'li Kris Changning investorlarga qilgan ma'ruzasida ma'lum bo'ldi.


Odatda Sony Apple va boshqa ishlab chiqaruvchilarni modulli kameralar bilan katta muvaffaqiyat bilan ta'minlab keladi. Apple kompaniyasiga  LG komponentlari aniq etkazilib beriladimi yoki yo'q – sentyabr oyida  Apple kompaniyasi iPhone 7 va iPhone 7 Plus qurilmalarini namoyish etganida ishonarli tarzda ma'lum bo'ladi.Sony quyidagi sabablarga ko'ra, Apple uchun qo'shaloq kameralarni zaruriy miqdorda etkazib bera olmasligi mumkin: birinchidan, kutilgandanda kichik daromad, ikkinchidan esa Kumamotodagi aprel oyi zilzilalari sababli ishlab chiqarishga ekazilgan zarar.  

Яндекс.Метрика