У нас есть только
оригинальные песни

LG K seriyali LG smartfonlari endi O'zbekistonda

calendar 06.05.2016
1139

Kechagina dunyo IT- matbuoti LG smartfonlarining yangi innovatsion seriyasi – K seriyasining yaratilganligini qizg'in muhokama qilayotgan edi, bugun esa bu ajoyib qurilmalar O'zbekiston bozorini egallamoqda. Ularning o'ziga xosligi nimada? E'tiboringizga yangi “K” -  K10 LTE, K8 LTE va K4 LTE smartfonlar qatorini havola etamiz.

Kreativ. Janubiy Koreya muhandislari premium-klassning funktsional va dizayni bir necha yuz dollarga to'g'ri kelishi shart emasligini yana bir karra isbotlashdi. Bugungi kunda 2.5D-ekran, ya'ni sho'ng'ib ketuvchi effekt hosil qiluvchi qayrilgan ekranli smartfonlarga nisbatan aynan shunday hol kuzatilmoqda. LG K10 LTE va LG K8 LTE narx stereotiplarini buzadi – endi mobil hayotga katta xarajatlarsiz “sho'ng'ish” mumkin.

Sifat. Yangi seriyaning uch modeli ham hattoki “og'ir” dasturlardan foydalanishda, smartfonlarni yuqori unumdorlik  bilan ta'minlovchi to'rt yadroviy protsessor bilan boyitilgan. Bu qurilmalardagi akkumulyator kamida to'rt soat davomida ulardan maksimal quvvatda to'xtovsiz foydalanish imkonini beradi. Agar alohida to'xtaladigan bo'lsak, masalan LG K8 LTE modeli haqida – unda Android – 6.0 Marshmallow bazasidagi operatsion tizimning eng tez va unumli versiyasi o'rnatilgan.

Kamera. K seriyasi – ko'p sayohat qiluvchi, hayotdan zavq olib yashovchi, Instagram'dagi akkauntini mashhur qilishni istovchi va umuman ko'ngli yosh insonlar uchun mukammal variant. K10 LTE va K8 LTE modellari 8Mp’li asosiy kamera va selfi uchun 5 Mp’li kamera bilan boyitilgan. K4 LTE modeli eng hamyonbop bo'lib, unga 5 va 2 Mp’li kameralar o'rnatilgan, so'nggi yillarda LG tomonidan flagman modellar uchun yaratilgan deyarli barcha nou-xaularga ega qurilma yorqin, tiniq va original tasvirlar olishga yo'l ochadi. Qo'l harakati bilan selfi qilish - odatiy zerikarli rakurslarni, frontal kameraning virtual chaqmog'i – xira va buzilgan ko'rinishlarni unutish imkonini yaratadi, bir harakat bilan tasvirga olish hamda fotokameraning tez ochilishi – tasvirga olishga ulgurmay qolib,  yo'qotilgan vaqt haqida o'ylamaslikka olib keladi va hokazo.


Konnekt. LTE – to'rtinchi avlod aloqa standartini qo'llash K seriyasining barcha modellariga yanada yorqin yoshlarbop tus beradi. Mobil internetni yuqori tezlikda qo'llash K10 LTE, K8 LTE va K4 LTE’larni butkul zamonaviy aloqa vositasiga aylantiradi. Dunyo internet to'rining barcha imkoniyatlaridan bemalol foydalanish mumkin, shu jumladan videoaloqa ham to'liq yo'lga qo'yilgan.  Videoaloqani hattoki 3G bilan o'rnatish har doim ham muvaffaqiyatli amalga oshavermaydi. Bu do'stona muloqotda ham, o'qishda ham kerak bo'lgan aloqa turi.

Hamohanglik. Biz yuqorida qayd etib o'tgan yorqin xususiyatlarga qaramay, LG'ning  K-seriyali smartfonlari Janubiy Koreya kompaniyasining qimmatroq qiymatga ega flagman modellarining OS Android imkoniyatlaridan to'liq foydalanish uchun zarur bo'lgan deyarli barcha ilg'or funktsionali bilan ta'minlangan. Shunday qilib, qurilmalarning ustunlik jihatlari: 2.5D-ekran, hamyonbop narxda tiniq fotostudiya va zamonaviy ishlab chiqarish elementlari zamon bilan hamnafas yashashni istaganlar uchun yangi qurilmalarning zarurati va dolzarbligini tasdiqlaydi
.

Яндекс.Метрика