У нас есть только
оригинальные песни

LG mashhur Music Flow lineykasini simsiz saundbarlar va X-Boom audio tizimi bilan kengaytirmoqda

calendar 29.12.2015
986

                  

Yangi audio mahsulotlar etakchi darajadagi yanada yorqin tassurotlar bilan ta'minlaydi va ulanishning keng imkoniyatlariga ega.

LG Electronics kompaniyasi «CES 2016» ko'rgazmasida o'zining ilg'or saundbarlari va audio tizimlari taqdimotini namoyish etishini ma'lum qildi. Bunga qo'shimcha tarzda, LG har qanday kecha uchun a'lo darajadagi funktsiyalar boy to'plami mujassam bo'lgan yangi X-Boom audio tizimini ham taqdim etadi.

                  

LG saundbarlarning yangi SH8, SH7 va SH6 modellari o'zining maftunkor dizayni bilan ajralib turadi, shu sababli ular deyarli barcha intererga mos keladi. Uy kinoteatrlari uchun ideal darajada mos keladigan ilg'or SH8 va SH7 saundbarlar badavlat baslarni ta'minlaydigan simsiz sabvuferlarga ega,ular dinamik tomonidan ishlab chiqariladigan ovozni to'ldiradi. SH6 modeli oltita mustaqil dinamiklardan tashkil topgan bo'lib, SH6 ga qulay korpusda quvvatga ega va chuqur darajadagi ovozni yaratish imkonini beradi.

Bundan tashqari, yangi modellar Bluetooth hamda Google Cast™ orqali ulanish imkoniyatiga ega va Auto Music Play muvofiqlik darajasini sezilarli darjada oshirib, istalgan kontentni tanlashda keng tanlovni taqdim etadi. Wi-Fi dan ham Bluetooth dan ham foydalanish mumkin bo'lgan yangi saundbarlar turli xildagi kontent va ulanish usullariga avtomatik tarzda o'tish imkonini beradi.

Shuninglek LG kompaniyasi «CES 2016» X-Boom ning uchta yangi tizimini taqdim etadi. X-Boom da semplolarni yaratish funktsiyasi istalgan ovozni smartfonga yozish va ularni X-Boom ga simsiz o'tkazish imkoniyatini beradi, keyin esa ular raqamli ovoz paneliga kiritilishi mumkin, DJ esa ularni bitta tugmani bosish yo'li bilan ularni tanlashi mumkin. Har uchchala modelda ham o'ziga xos Party Thruster boshqaruvi mujassam, u bilan ovozga mos ravishda sinxronlashtirilgan turli rangdagi chiroqlar yorug'ligini yaratish mumkin.

Reklama huquqi asosida. Mahsulot sertifikatlangan

Яндекс.Метрика