У нас есть только
оригинальные песни

Lindsey Lohanni sudga berishdi

calendar 21.08.2015
1495

Hollivud aktrisasi Lindsey Lohanni sudga berishdi. Mashhur aktrisa koʻngilsizliklarsiz turolmaydi shekilli. OAVdagi Lohan bilan aloqador har qanday xabar mojoro bilan bogʻliq boʻlishi odatga aylanib ulgurgan. Bu safar aktrisani uning haydovchisi sudga berdi. Haydovchining ma’lum qilishicha, Lohanning oʻz haydovchisidan katta miqdorda qarzi bor.

29-yoshli Edson Richchi bir necha yil avval aktrisaning haydovchisi boʻlib ishlagan. Uning sudga murojat qilish sababi, Lindsi Lohan haydovchiga 28 ming dollar qarz. Richchining aytishicha, u aktrisa uchun bir necha bor mehmonxona va aviachipta xarajatlarini qoplagan. Biroq, aktrisa haydovchiga pullarni qaytarmagan.

Bu Lindsey Lohanning toʻlanmagan xarajatlar bilan ilk muajorosi emas. Aktrisa bunga qadar restorandagi tushlik uchun xaq toʻlashdan bosh tortgan edi. Bir safar esa, u 300 ming dollar toʻlashi lozim boʻlgan advokatini ishdan boʻshatib yuborgan.

Яндекс.Метрика