У нас есть только
оригинальные песни

Lindsi Lohan ro'mol sabab Hitrou aeroportida qo'shimcha tekshiruvdan o'tkazildi

calendar 21.02.2017
1291

Londonning Hitrou aeroporti xodimi taniqli aktrisa Lindsi Lohanni boshidagi ro'mol tufayli qo'shimcha tekshiruvdan o'tishga majburladi. Bu haqda ITV telekanali xabar bermoqda.

"Yaqinda Nyu-Yorkka (Londonning Hitrousidan) parvoz qildim hamda boshimda ro'mol bor edi. Meni to'xtatishdi va umrimda birinchi bor qo'shimcha tekshiruvdan o'tishga majburlashdi!" – deya aytib o'tgan aktrisa telekanalning ertalabki dasturi efirida.

Uning so'zlariga ko'ra, aeroport xodimi aktrisaning ismini pasportda ko'rishi bilan uzr so'ragan. Lohan diniy nuqtai nazardan doimiy ravishda bosh kiyimida yuruvchi qizlar bunday tekshiruvlar paytida o'zini naqadar noqulay his etishlari mumkinligidan tashvishda ekanini bildirdi.

Xabar qilinishicha, Lohan ro'molni uni tanishligi ehtimolini kamaytirish uchun o'rab olgan.

Яндекс.Метрика