У нас есть только
оригинальные песни

Lionel Messi sudda moliyaviy firibgarliklar haqida bilmaganini aytdi

calendar 02.06.2016
1317

“Barselona” jamoasi futbolchisi, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashda ayblanib sud oldida javob berayotgan Lionel Messi moliyaviy firibgarliklar haqida hech narsa bilmaganini va faqat futbol o‘ynashga e’tibor qaratganini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Argentinalik sportchi va uning otasi 4,1 million yevro miqdoridagi soliqni to‘lashdan bo‘yin tovlashda ayblanmoqda. Sudda futbolchi, shuningdek, otasi Xorxe Orasio Messiga ishonganini va soliq masalasini u bilan muhokama qilmaganini aytib o‘tdi.

“Men turli homiylar bilan shartnomalar imzolayotganimizni, ular e’lonlarda qatnashganim, suratga tushganim va hokazolar uchun muayyan summa to‘lashini bilardim, lekin pullar qayerga ketgani haqida tasavvurim yo‘q”, — dedi u.

Prokuror keltirgan ma’lumotlarga qaraganda, futbolchi 2007, 2008 va 2009-yillarda olingan daromaddan soliq to‘lamagan. Forvard Ispaniya g‘aznasiga 10 million yevro to‘lab, unga qarshi ochilgan ish yopilishi uchun yana 15 million yevro to‘lashga tayyorligini bildirgan, ammo rasmiylardan rad javobi olgan edi.

Sud jarayonida aniqlashtirilishi lozim bo‘lgan masala — Messini jinoiy javobgarlikka tortish yoki tortmaslik. Ayblov uni 22 oyga ozodlikdan mahrum qilishni so‘ramoqda. Ammo, mahalliy qonunchilikka muvofiq, javobgar birinchi marta jinoyat sodir etayotgan bo‘lsa, unga belgilangan muddat ikki yildan oshmasa, u jazoni qamoqda o‘tashdan ozod qilinishi mumkin.

Яндекс.Метрика