У нас есть только
оригинальные песни

Lionel Messi va nihoyat uylanmoqda

calendar 15.12.2016
4645

“Barselona” futbol klubi hujumchisi Lionel Messi 2000-yil tanishgani Antonella Rokutssoga uylanishga qaror qildi.

Messi va Antonella futbolchi “Barselona” klubi bilan shartnoma imzolagan bir vaqtda tanishgan. Ilk uchrashuv Argentinaning Rosario shahrida bo‘lib o‘tgandi. Juftlikning nikoh oqshomi ham mana shu shaharda o‘tadi.

29 yoshli futbolchi Antonella bilan munosabatlarini qonuniylashtirishni 2017-yilga qadar surib keldi. To‘y qish yoki yoz fazlidagi ta’tillardan birida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, 2012-yil Messi Antonelladan o‘g‘il farzand ko‘rgan bo‘lib, juftlik unga Tyago deb ism bergandi. 2015-yilga kelib esa Antonella Messiga ikkinchi bor o‘g‘il farzand sovg‘a qildi. Uning ismi Mateo.

Яндекс.Метрика