У нас есть только
оригинальные песни

"Liverpul'" "Barselona"ni yirik hisobda tor-mor etdi

calendar 07.08.2016
1616

"Liverpul'" Londonda "Uembli" stadionida Halqaro chempionlar kubogi doirasidagi uchrashuvda "Barselona"ni qabul qildi. Uchrashuv "qizillar" foydasiga 4:0 hisobi bilan yakunlandi. 

Uchrashuvdagi 1-to'pni 15-daqiqada liverpulliklarning yangi o'yinchisi Sadio Mane kiritdi. 47-daqiqada "Barsa" himoyachisi Hav'Yer Maskerano o'z darvozasiga avtogol kiritib qo'ydi. Bir daqiqa o'tib, mersisaydliklar hujumchisi Divok Origi raqib darvozaboni bilan birga-bir chiqib, uni dog'da qoldirdi. Hakam tomonidan uchrashuvga qo'shib berilgan vaqtda Marko Gruich hisobni 4:0 ko'rinishiga keltirdi.

Ikki jamoa musobaqa doirasida o'tkazgan uchta o'yinidan keyin 6 ochkodan to'plashdi. 

Halqaro chempionlar kubogi
Liverpul' (Liverpul', Angliya) – Barselona (Barselona, Ispaniya) – 4:0
Gollar: Mane, 15 (1:0); Maskerano, 47 (2:0, avtogol); Origi, 48 (3:0); Gruich, 90+3 (4:0).

Яндекс.Метрика