У нас есть только
оригинальные песни

«Liverpul» ikkinchi o'ringa ko'tarildi

calendar 04.03.2018
622

«Liverpul» Angliya Premer-ligasining 29-turida «Nyukasl Yunayted» ustidan g'alabaga erishdi. «Enfild»da bo'lib o'tgan uchrashuv maydon egalarining 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Birinchi golni 40-daqiqada Aleks Oksleyd-Chemberlenning pasidan keyin Muhammad Saloh urdi. Ikkinchi golga Sadio Mane mualliflik qildi, uni 55-daqiqada Roberto Firmino golli pas bilan ta`minladi.

Endilikda «Liverpul» 60 ochko to'plagan holda APL turnir jadvalida ikkinchi o'ringa ko'tarildi, «Nyukasl» 29 ochkosi bilan 16-o'rinda qolmoqda.

Angliya chempionati
29-tur

Liverpul – Nyukasl 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 40 Saloh, 2:0 – 55 Mane.
Liverpul – Karius, Aleksander-Arnold, Lovren, van Deyk, Robertson, Oksleyd-Chemberlen (Milner, 79), Henderson, Jan, Saloh, Firmino (Matip, 88), Mane (Lallana, 74).
Nyukasl – Dubravka, Lejyen, Lassels, Dammett, Yyedlin, Diame, Merino (Xeyden, 73), Kenedi, Atsu, Merfi (Peres, 84), Geyl (Xoselu, 66).

Яндекс.Метрика