У нас есть только
оригинальные песни

“Liverpul” rekord mablag‘ evaziga Alisson Bekerni sotib oldi

calendar 20.07.2018
1052

Angliyaning “Liverpul” klubi Italiyaning “Roma” jamoasidan braziliyalik posbon Alisson Bekerni sotib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

25 yoshli Alissonning transferi 62,5 million yevroni tashkil etdi, yana 10 millionni esa “Roma” turli bonuslar ko‘rinishida oladi. Transferning umumiy summasi 72,5 million yevroni tashkil qiladi.

Kelishuv qancha muddatga tuzilgani hozircha xabar qilinmadi. Avvalroq Alisson jamoa bilan 6 yillik shartnoma tuzishi aytilgan edi.

Shu tariqa braziliyalik darvozabon futbol tarixidagi eng qimmat darvozabonga aylandi.

Avvalgi rekord Janluiji Buffonga tegishli bo‘lib, “Yuventus” 2001-yilda Buffonni “Parma” jamoasidan 52 million yevroga sotib olgan edi.

Яндекс.Метрика