У нас есть только
оригинальные песни

“Lokomotiv” o‘z tarixida birinchi bor OChL guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi

calendar 04.05.2016
1088

Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi Osiyo Chempionlar Ligasi “A” guruhini 1-o‘rinda yakunlab, 1/8 final chiptasini qo‘lga kiritdi.

Guruhning 6-tur bellashuvida “Lokomotiv” va Amirliklarning “An-Nasr” klubini durang natija qanoatlantirardi. Tomonlar uchrashuvni aynan murosa bilan yakunladi — 0:0.

Parallel kechgan o‘yinda Saudiyaning “Al-Ittihod” klubi Eronning “Sepahon” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etganiga qaramay, guruhni 3-o‘rinda tugatdi. O‘zbekistonlik futbolchi Fozil Musayev harakat qiladigan Eron klubi esa “A” guruhida eng yomon natija qayd etdi.

“Lokomotiv” 1/8 finalda Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga qarshi o‘yinda maydonga tushadi.

Ma’lumot uchun, Osiyo Chempionlar Ligasining 2015-yilgi mavsumi guruh bosqichida “Lokomotiv” Saudiyaning “Al-Hilol” klubi bilan ikki marta to‘qnash kelgan. Ar-Riyod shahrida O‘zbekiston jamoasi 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, Toshkentda Saudiya klubi 2:1 hisobida muvaffaqiyat qozongan.

Яндекс.Метрика