У нас есть только
оригинальные песни

Lola Karimova-Tillaeva hayotiy qoidalari bilan o'rtoqlashdi

calendar 15.01.2016
1934

Lola Karimova-Tillaeva instagramdagi sahifasida hayotiy qoidalari haqida ma'lum qildi.

“Har kimda turli vaziyatlar sodir bo'ladi, har bir masalaning o'z yondashuvi mavjud va muayyan bir narsaga bog'lanib qolmagan tarzda, o'zim qo'llaydigan muhim qoidalarni bayon etishga qaror qildim. Mazkur maslahatlar menga yordam beradi, demak yana kim uchundir foydali bo'lishi mumkin:

1. Kelajagingni buzib yubormasligi uchun o'tmishing bilan yaxshi munosabatda bo'l.

2. Hech qachon shoshilma, vaqt deyarli barcha narsalarni davolaydi, sabr esa muhim xislat.

3. O'z hayotingni boshqalarniki bilan taqqoslama. Har bir kishining o'z yo'li bor, sen boshqalarning yo'li qanday bo'lganligini bilmaysan.

4. Sening ortingdan o'zgalar nima deb o'ylashlari haqida o'ylama, bu sening ishing emas. Bunga kuching, vaqting va quvvatingni ketkazma.

5. Baxt manbai o'zingda, nimadadir yoki kimdadir emas. U hozir sen bilan.

6. Shukronalik hissi bilan uyg'on va uyquga ket. Axir hamma ham sen kabi omadli emas”.

Яндекс.Метрика