У нас есть только
оригинальные песни

Lola Karimova-Tillayeva o‘zbekistonliklarni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

calendar 21.03.2018
1162

Lola Karimova-Tillayeva Facebook’dagi sahifasi orqali o‘zbekistonliklarni Navro‘z bayrami bilan qutladi.

“Insoniyat tamaddunining qadimiy ayyomlaridan bo‘lmish Navro‘z bayrami yangi hayot, tinchlik va qut-baraka ramzi sanaladi. Qalbingiz va atrofingizda hamisha tinchlik-xotirjamlik hukm sursin, barchangizga sog‘liq va faravonlik tilayman!” — deyiladi tabrikda.

Lola Karimova-Tillayeva tabrikka bahoriy libosdagi suratini ilova qilgan.

Яндекс.Метрика