У нас есть только
оригинальные песни

Lola Karimova-Tillayeva O‘zbekistonning YuNESKOdagi elchisi sifatidagi faoliyatini yakunladi

calendar 02.02.2018
1360

Lola Karimova-Tillayeva Facebook’dagi sahifasida O‘zbekistonning YuNESKOdagi elchisi sifatidagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi hamda o‘tgan 10 yil mobaynida vakolatxona amalga oshirgan loyihalar haqida aytib o‘tdi.

Lola Karimova-Tillayeva: Bugun mening O‘zbekistonning YuNESKOdagi elchisi vazifasidagi so‘ngi ish kunim. O‘n yil davomida diplomat sifatidagi faoliyatim albatta hayotimning muhim qismiga aylangan edi. Men ushbu bebaho tajriba, faoliyatim mobaynida tanishgan va birga ishlagan insonlar hamda eng muhimi – o‘z ona vatanimga xizmat qilish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan behad mamnunman. Ortga nazar solar ekanman, vakolatxonamiz amalga oshirgan yorqin loyihalarni yod olaman.

O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakolatxonasi 2008—2017-yillardagi faoliyati mobaynida Navro‘z xalq bayrami, Katta ashula, o‘zbek palovi an’analari, Boysun madaniy merosi, Shashmaqom va Askiya YuNESKOning insoniyat nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi. 2016-yili dunyodagi eng katta tog‘ tizmalaridan biri, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston hududini qamrab olgan G‘arbiy Tyan-Shan Butunjahon madaniy va tabiiy meros ro‘yxatiga kirildi. 2017-yil dekabr oyida atlas va adras to‘qish an’anaviy texnologiyasi YuNESKOning nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash bo‘yicha ilg‘or tajribalar ro‘yxatidan joy oldi.

Men YuNESKOdagi elchilik vazifasini tark etishga qaror qilgan bo‘lsam-da, madaniyat, ta’lim, ilm-fan va atrof muhitni asrash sohasidagi loyihalarga oid faoliyatimni davom ettirish niyatidaman.

Men, shuningdek, “Sen yolg‘iz emassan” xayriya jamg‘armasi ishini davom ettirish, va og‘ir yurak xastaliklari bilan og‘rigan bolalarga fransuz shifokorlari bilan hamkorlikda jarrohlik muolajalarini o‘tkazish bo‘yicha dasturlarni amalga oshirishni davom ettirish maqsadidaman. Shuningdek, imkoniyati cheklangan bolajonlarga va yordamga muhtoj boshqa o‘zbekistonlik bolalarga ko‘mak dasturlarini davom ettiramiz.

Яндекс.Метрика