У нас есть только
оригинальные песни

Lola Karimova-Tillayeva otasi Islom Karimovning tavallud kuni munosabati bilan uni yodga oldi

calendar 30.01.2017
2351

Lola Karimova-Tillayeva otasi, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tavallud kuni munosabati bilan Facebook sahifasida uni yodga oldi.

“Hamisha 30-yanvar kuni biz Sizni tavallud ayyomingiz bilan qutlashga oshiqar edik. Bugun esa o‘zgacha… Siz endi bizning oramizda yo‘qsiz, aziz otajonim… Shunday bo‘lsa-da, biz dildan doimo sizning borligingizni his etib turamiz… To qalblarimizdagi muhabbat abadiy yashar ekan, siz ham yuraklarimizda mangu qolajaksiz”, — deb yozdi u.

Яндекс.Метрика