У нас есть только
оригинальные песни

Lola Karimova-Tillayeva The Best Award mukofoti bilan taqdirlandi

calendar 07.02.2017
2213

O'zbekistonning YuNeSKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillayeva The Best Award mukofoti bilan taqdirlandi. 

Taqdirlash marosimi Fransiya poytaxti Parij shahrida bo'lib o'tgan. Lola Karimova-Tillayevaga mukofot ko'p yillik xayriya faoliyati, shuningdek Yevropada O'zbekiston madaniyati va san`atini keng targ'ib etish bo'yicha ishga qo'shgan hissasi uchun topshirildi.

The Best Award har yilgi mukofoti 1977 yilda ta`sis etilgan bo'lib, uni turli yillarda Karl Lagerfeld, Umar Sharif, Endi Uorxol, Mari-Xelen de Rotshild kabi mashhur insonlar qo'lga kiritgan.

Ma`lumot uchun, Lola Karimova-Tillayeva O'zbekistonda ikkita yirik xayriya tashkiloti – “Sen yolg'iz emassan” fondi va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi rahbari sanaladi. Ular ota-ona qaramog'isiz qolgan va imkoniyati cheklangan bolalarga har tomonlama yordam ko'rsatadi.

Яндекс.Метрика