У нас есть только
оригинальные песни

Lola Karimova-Tillayeva yana 4 yil davomida O‘zbekiston gimnastika federatsiyasiga prezidentlik qiladi

calendar 02.02.2017
2219

Lola Karimova-Tillayeva O‘zbekiston gimnastika federatsiyasining prezidentligiga qayta saylandi. Tashkilotning hisobot konferensiyasida uning yana 4 yil davomida shu lavozimda faoliyat olib borishi aniq bo‘ldi.

O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Lola Karimova-Tillayevaga bu borada Ruslan Mustayev vitse-prezident sifatida yordam beradi.

Ma’lumot uchun, Lola Karimova-Tillyayeva rahbarligidagi O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi 2005-yilda tashkil etilgandi. Yangi gimnastika federatsiyasi ilgari mustaqil ravishda faoliyat yuritib kelgan 5 ta gimnastika federatsiyalarini birlashtirish natijasida tashkil topgan. U o‘z ichiga badiiy va sport gimnastikasi, trampolin, akrobatika va umumiy gimnastikani qamrab olgan.

Яндекс.Метрика