У нас есть только
оригинальные песни

Lola Yo'ldosheva litsenziyasi tiklandimi?

calendar 08.09.2015
2962

Inson zoti borki xato qiladi. Xato qiluvchilarning eng yaxshisi esa undan to'g'ri xulosa chiqarib, qayta takrorlamaslikka harakat qiladiganlaridir. Ammo bir necha toifa insonlar borki, ular omma e'tibori ostida bo'lganlari uchun ham xato-kamchiliklarga imkon qadar yo'l qo'ymasliklari lozim. Xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlangan bugungi kunimizda mashhur san'atkorlar, sportchi yoxud boshqa shaxslarning arzimas xatosi ham katta shov-shuvlarga, tanqidu dashnomlarga sabab bo'laveradi. Ularning "Axir biz ham oddiy insonmiz, bilib-bilmay xato qilishimiz mumkin”, degan so'zlari jamiyat tomonidan bir ovozdan qabul qilinavermaydi.
Estrada xonandasida Lola Yo'ldoshevaning ham keng omma ko'z o'ngida jamiyatimiz ko'nikmagan qiyofada namoyon bo'lgani keskin tanqid ostiga olindi. Uning sharqona mentalitet qon-qoniga singib ketgan muxlislar oldida tanasining katta qismini ochgan holda chiqishi, uning ustiga, noloyiq xatti-harakatlarni sodir etgani nafaqat oddiy odamlar, balki ko'pni ko'rgan, hayotning og'ir-engil sinovlarida toblangan kishilar, ziyolilarning ham e'tirozlariga sabab bo'ldi. Ish "O'zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan uning qonuniy faoliyat olib borishini cheklovchi qaror qabul qilinishi, ya'ni litsenziyasining tugatilishiga qadar borib etdi.
Lola Yo'ldosheva o'zi mansub bo'lib turgan o'zbek jamiyatining tartib-qoidalari, odob-axloq mezonlariga qarshi borgani uchun rasmiy sahnalardan olib tashlanganidan so'ng o'z aybini tushunib etgan ko'rinadi. Bir oz muqaddam ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan uning gastrol safarlarida tushgan suratlari, Mudofaa vazirligi tomonidan uning nomiga bitilgan tashakkurnoma xonandaning o'z aybini yuvish uchun harakat qilayotganidan darak beradi go'yo. Ayni shu maqsadda biz "O'zbeknavo” estrada birlashmasiga murojaat qildik.
Litsenziya bo'limi boshlig'i Odiljon Abduqahhorovning  ma'lum qilishicha, Lola Yo'ldosheva estrada birlashmasiga ariza bilan murojaat qilib, yo'l qo'ygan kamchiliklaridan pushaymon ekanini bildirgan. Shu sababli ayni paytda xonanda yurtimizning turli chekkalarida tashkil etilayotgan davlat kontsert dasturlarida ishtirok etib kelmoqda. Birgina 4 sentyabr kunining o'zida Lola Yo'ldosheva Samarqand viloyatidagi beshta kontsert tadbirida ishtirok etgan (Mazkur tadbirlar to'g'risida xonanda "Instagram” ijtimoiy tarmog'ida ham surat va xabarlar qoldirgan).
— Keyingi hafta "O'zbeknavo” estrada birlashmasi maxsus komissiyasining ichki yig'ilishi bo'lib o'tadi. Unda ariza bilan murojaat qilgan Lola Yo'ldosheva bilan bir qatorda, Yagona va boshqa san'atkorlarning murojaatlari ham ko'rib chiqiladi. Shundan so'ng ularga litsenziya berish-bermaslik masalasi hal bo'ladi, —dedi O. Abduqahhorov.

Instagram tarmog'ida bir necha kun avval Lola o'zining yangi qo'shig'ini 4-sentabr kuni FM 101 radio kanalida premera qilinishi haqidagi xabarni qoldirgan edi. Lekin no'malum sabbalarga ko'ra qo'shiq premerasi e'lon qilingan kun taqdim etilmadi va no'malum sanaga qoldirildi. Bu linsenziya muammolari bilan bog'liq bolishi mumkin. Shunchi lisenziyasi yo'q xonandalar radio va TV kanallarga qo'shiqlarini aylantira olishmaydi.
Яндекс.Метрика