У нас есть только
оригинальные песни

Lola Yo’ldoshevani istemol qilishni istaysizmi?

calendar 04.07.2015
5598

Yoz maroqli safarlarga otlanish uchun eng munosib fasl . Ishdan xorigan, yil davomida ta’tilni qo’msagan barcha jamadonlarini hozirlab sarguzashtga boy safar tomon otlanmoqda. Yozdan ayniqsa shou-biznes vakillari juda unumli foydalanmoqdalar. Ijtimoiy tarmoqlarda ko’rib boryotganingizdek ular turli go’shalarda suratga olingan fotosuratlarni joylab bormoqdalar. Bu borada ayniqsa latofatli Lola o’zining takrorlanmas, antiqa tarzdigi fotosuratlari bilan barchani qiziqtirib qo’ydi. Suratlarni tomosha qilar ekansiz, uning likopchada tushgan fotosurati eng birinchilardan bo’lib e’tiboringizni jalb qiladi. Bunday noodayiy fotosuratga nima deb ta’rif bersa bo’lar ekan: «Meni iste’mol qilishni istaysizmi?» U hozirda Moskva shahrida singlisi, ma’muri Lola va boshqa yaqinlari bilan dam olmoqda. Qizg’in ish va issiq ob-havodan biroz uzoqlashgan xonanda iyul oyining oxiriga qadar sayohatini davom ettiradi va kelishi bilanoq o’ylaymizki kutilmagan ijodiy yangiliklar bilan muxlislarini xursand qiladi. Lolaga maroqli ta’tillarni tilagan holda uning Moskvadagi noodatiy fotosuratlarini taqdim etamiz.






Яндекс.Метрика