У нас есть только
оригинальные песни

Lolaning Moskvadagi konsert dasturidan fotolavhalar

calendar 13.08.2016
2863

Estrada xonandasi Lola 7-avgust kuni Moskva shahridagi “Kosmos” konsert zalida yakkaxon konsert dasturini namoyish qilgandi. Bu o‘tgan haftaning o‘zbek shou-biznesidagi eng shov-shuvli voqealaridan biri sifatida e’tirof etildi.

Lola o‘zining Facebook sahifasida konsert dasturidan fotosuratlarini ulashdi. Qo‘shiqchi konsertda kiyib chiqqan kiyimlari uchun 120 metr mato ishlatilganiga urg‘u bergan. Ularning har biri qo‘l mehnati yordamida tikilgan.

“Nokamtarlik uchun uzr, lekin bunday shedevr oldida kechirmasa ham bo‘lmaydi. Bularning barchasi Toshkentda tayyorlanganidan g‘ururlanaman”, — deb izoh qoldirgan Lola.

“Qabul uchun rahmat, Moskva! Ko‘nglim ko‘tarildi, baxtiyorman! Hech qachon shunchalik samimiy bo‘lmagan”, — deb so‘zini yakunlagan Lola.

Теги:

K1019305
Яндекс.Метрика