У нас есть только
оригинальные песни

London smartfonlar uchun mo‘ljallangan o‘yin orqali shahardagi sayyohlarni kamaytirmoqchi

calendar 01.07.2018
764

Londonning turizm bo‘yicha kengashi shahar markazidagi sayyohlar sonini maxsus ishlab chiqilgan “Play London With Mr. Bean” o‘yin dasturi orqali kamaytirishga qaror qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

O‘yinchi London tashqarisidagi turli osori-atiqalarga tashrif buyurib, har xil topshiriq, vazifalarni bajarishi kerak. Har bir bajarilgan topshiriq evaziga o‘yinchi ochko ishlaydi, so‘ng bu ochkolarni chegirmalarga almashtirish mumkin.

“‘Play London With Mr. Bean’ o‘yini Londonda bir necha kun davomida bo‘ladigan, ko‘plab joylarda bo‘lishga ulguradigan mehmonlar uchun mo‘ljallangan. Odamlar o‘yinni o‘ynashdan to‘xtab qolmasliklari uchun biz yangi darajalarni, attraksionlarni va takliflarni qo‘shishni rejalashtirganmiz”, — dedi o‘yinni ishlab chiqqan kompaniya vakillari.

O‘yin mualliflari uni sayyohlarning haddan tashqari ko‘pligidan aziyat chekayotgan boshqa katta shaharlarga ham taklif etishni rejalashtirmoqda. Hozirgacha ushbu o‘yin 600 mingdan ko‘proq marta yuklab olingan.

Яндекс.Метрика