У нас есть только
оригинальные песни

London yaqinida yirik yong‘in va ketma-ket portlashlar sodir bo‘ldi

calendar 04.11.2015
1655

London yaqinidagi Braknell sanoat hududida yirik yong‘in va ketma-ket portlashlar sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda "Yevropeyskaya Pravda”.

Mahalliy fuqarolar olgan videoda tungi osmon fonidagi olov va tutunlarni ko‘rish mumkin.

Ta’kidlanishicha, voqea hududida poyezdlar harakati to‘xtatilgan. Shuningdek, gaz ballonlari portlashi ehtimoli tufayli, guvohlardan hodisa joyini tark etishni so‘rashgan.

Voqea oqibatida jabrlanganlar haqida xabar berilganicha yo‘q.

Яндекс.Метрика