У нас есть только
оригинальные песни

Londonda 2,5 mln dollarlik qadimiy kitoblar o'g'irlab ketildi

calendar 12.02.2017
1160

Buyuk Britaniyada XV—XVI asrlarga tegishli qadimiy kitoblar, jumladan polshalik  astronom Nikolay Kopernikning kitobi o'g'irlab ketildi. O'g'irlangan kitoblarning umumiy qiymati 2,5 mln dollardan ko'proqni tashkil qiladi. 

Daily Mail nashrining yozishicha, 160 dan ko'proq kitob o'g'irlangan. AQShga jo'natilishi kerak bo'lgan bu kitoblar Xitrou aeroporti yaqinidagi omborxonada saqlangan. Uch jinoyatchi ombor tomiga chiqib, u yerdagi kuchaytirilgan plastik oynali derazalarda darcha parmalab, u orqali arqonlarda ombor ichiga tushishgan.  

Nashr manbasining ta`kidlashicha, kitoblar omborda bor-yo'g'i bir necha soat saqlanishi kerak bo'lgan. Manba fikricha, o'g'rilik ortida kolleksionerlar turgan bo'lishi mumkin, chunki kitoblarni dilerlar va auksion uylardan birortasi ham sota olmaydi. Taxmin qilinishicha, o'g'rilikni qadimiy buyumlarni o'g'irlashga ixtisoslashgan guruh amalga oshirgan bo'lishi mumkin.

Ta`kidlanishicha, o'g'irlangan kitoblar orasida Kopernikning 1566 yilda yozilgan "Samo jismlarining aylanishi" deb nomlangan kitobi (uning narxi 270 ming dollar turadi) va 1569 yilda chop etilgan Dante Aligerining "Tangri komediyasi" kitoblari bo'lgan.

Яндекс.Метрика