У нас есть только
оригинальные песни

Londonda navbatdagi fojia: haydovchi odamlarni bosib ketdi

calendar 26.03.2017
1690

Londonning Inslington tumanida haydovchi odamlarga borib urildi. Voqea joyiga politsiya kuchlari tortilgan. Voqea oqibatida kamida 4 kishi jarohat olgan, deb xabar bermoqda Breaking News nashri.

Bu voqea Britaniya parlamenti binosiga olib boruvchi Vestminster ko'prigida terrorchi tomondan odamlar avtomobilda bosib ketilgandan 3 kun o'tib yuz berdi. Biroq politsiya hozircha xulosa chiqarishga shoshmayapti. U yerda aytishilicha, bu ikkinchi terakt bo'lgani haqida gapirishga ertalik qiladi. Ehtimol, oddiy yo'l-transport hodisasi sodir bo'lgan bo'lishi mumkin.

Mashina haydovchisi hibsga olingan. U ataylab odamlarni bosgani yoki boshqaruvni qo'ldan chiqargani aniqlashtirilmoqda.

 

Яндекс.Метрика