У нас есть только
оригинальные песни

Londonda ulg‘aygan Garri Potter haqidagi spektakl premyerasi bo‘lib o‘tdi

calendar 31.07.2016
1588

Ulg‘ayib qolgan sehrgar Garri Potterning hayoti haqida hikoya qiluvchi “Garri Potter va la’natlangan bola” spektakli premyerasi Londonning “Palas” teatri sahnasida misli ko‘rilmagan shov-shuv ostida bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.

Potter haqidagi saga muallifi, britaniyalik taniqli yozuvchi Joan Rouling spektaklda tomoshabin sifatida ishtirok etdi. U spektaklni tayyorlash bo‘yicha olib borilgan ishlar maxfiy tutilgani tufayli, spektakl namoyishi shunchaki rasmiy premyera emas, balki chinakam premyera bo‘lganini ta’kidladi.

Spektakl Rouling, yozuvchi Jek Torn va sahnalashtiruvchi rejissor Jon Tiffani tomonidan yaratilgan bo‘lib, unda “Garri Potter va o‘lim hadyalari” nomli oxirgi kitobda yoritilganidan 19 yil o‘tib yuz bergan hodisalar haqida hikoya qilinadi. Bosh qahramon mazkur yillar davomida uch farzandning otasiga aylanadi va afsungarlik vazirligida mehnat qiladi.

Яндекс.Метрика