У нас есть только
оригинальные песни

Londondan Nyu-Yorkka bir soatda etib oladigan samolyot yaratilmoqda

calendar 18.10.2015
1451

Airbus kompaniyasi Londondan Nyu-Yorkka bir soatda etib oladigan samolyotni patentlashtirdi. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.  

Samolyot "Konkord-2” degan nom oldi. Patentga ko'ra, tovush tezligidan tezroq harakatlanuvchi bu reaktiv samolyot uchta alohida dvigatellar kombinatsiyasini qo'llashi natijasida havo oqimlari orqali o'ta oladi.

OAV ma'lumotlariga ko'ra, samolyot 2003 yilda parvozlari tugatilgan original "Konkord” samolyotidan 3 marta tezroq ucha oladi. Birinchi "Konkord”ning maksimal tezligi 2179 km/soatni tashkil qilgan.

Patentdagi ma'lumotlardan Airbus yangi samolyotdan birinchi navbatda harbiy maqsadlarda foylanishni rejalashtirayotgani kelib chiqadi. Samolyot salonida 19 tagacha yo'lovchi joylasha oladi. Biroq patentdan loyiha qachondir tijorat tashuvlari sohasida amalga oshirilishi haqida hech narsa aniq emas.

Яндекс.Метрика