У нас есть только
оригинальные песни

Longyir — Norvegiyaning o‘lish taqiqlangan shahri

calendar 10.04.2018
1302

Norvegiyaning Longyir shahrida vafot etish rasman taqiqlangan, deb yozadi Travel Ask.

Gap shundaki, bu shaharcha dunyodagi eng shimoliy aholi punktlaridan biri hisoblanadi. U Norvegiyaning qit’a qismi va Shimoliy qutb o‘rtasidagi Shpitsbergen arxipelagida, abadiy muzloq yerlarda joylashgan. Qutb kechasi bu yerda bir necha oylar davom etadi, va odamlar uzoq vaqt davomida quyoshni ko‘rmaydi.

O‘lish uchun taqiqni 1950-yillarda joriy etishgan. O‘shanda mutaxassislar qabristondan 1918-yilda gripp pandemiyasidan vafot etgan odamlarning jasadlarini kavlab olib tekshirgan. Ular umuman parchalanmagan bo‘lib chiqqan. Tabiiyki, viruslar ham o‘lmagan. Bundan tashqari, jasadlar yirtqichlarni, ayniqsa, oq ayiqlarni o‘ziga tortadi. Shunday ekan, bu aholini xavfsizlantirish usuli hamdir.

Shu sababli, agar odam bir umr Longyirda yashab kelgan bo‘lsa-da, o‘limidan oldin Norvegiyaning boshqa qismiga ko‘chib o‘tishi shart. Qoida o‘limga olib keluvchi kasallikka chalingan yoki yarador odamlar uchun ham amal qiladi: bemorlar hayotining so‘nggi kunlarini yashash uchun boshqa joyga yuboriladi.

Яндекс.Метрика