У нас есть только
оригинальные песни

Luis Enrike 2015 yilning eng yaxshi murabbiyi bo'ldi

calendar 11.01.2016
890

"Barselona" jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike FIFA tomonidan o'tgan 2015 yilning eng yaxshi murabbiyi sifatida tan olindi.

45 yoshli bu mutaxassis kataloniyaliklar jamoasi bilan o'tgan mavsumda 5ta sovrin qo'lga kiritdi: Ispaniya chempionligi, Ispaniya Kubogi, ЕChL kubogi, Еvropa Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionati g'olibligi.

Yilning eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun asosiy 3 da'vogar orasida "Bavariya"ning ispaniyalik murabbiyi Xosep Gvardiola hamda Chili terma jamoasi bilan 2015 yilgi Amerika kubogida g'olib chiqqan Xorxe Sampaoli ham bor edi.

Qayd etish kerakki, Luis Enrike “Oltin to'p” topshirish marosimiga kelmagan.

Xosep Gvardiola ham ayni damda jamoa bilan Qatarda Bundesliganing ikkinchi qiqsmiga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Syurixga bu yo'nalish bo'yicha nomzodlardan faqat Xorxe Sampaoli tashrif buyurgan.

Яндекс.Метрика