У нас есть только
оригинальные песни

Luis Enrike “Barselona” futbolchilarini tushkunlikka tushmasdan, qolgan ikki sovrinni qo‘lga kiritishga chaqirdi

calendar 15.04.2016
931

$IMAGE1$

“Barselona” bosh murabbiyi Luis Enrike jamoaning navbatdagi mashg‘uloti vaqtida futbolchilar bilan gaplashib oldi.

Murabbiy shogirdlarini Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalida ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (2:1, 0:2) “Atletiko”dan uchralgan mag‘lubiyatdan ruhan tushkunlikka tushmaslikka va mavsumda qolgan ikki musobaqada g‘olib chiqishga chaqirdi.

“Biz hali ikki sovrinni qo‘lga kiritishimiz mumkin va buning uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilish kerak”, — dedi ispaniyalik murabbiy.

Qayd etish joiz, kataloniyaliklar Ispaniya chempionati va Ispaniya Kubogi g‘olibligi uchun kurashni davom ettiradi.

Яндекс.Метрика