У нас есть только
оригинальные песни

Luis Enrike: "Espanol" amerikacha futbol ko'rsatdi

calendar 07.01.2016
1010

"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike Ispaniya kubogi 1/8 finali birinchi uchrashuvida "Espanol" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (4:1) fikrlarini bildirdi.

"Espanol" qoidaga amal qilib o'ynadimi? Bu doira hakam tomonidan cheklanishi kerak. Hakamlar maydonda amerikacha futbol o'ynalmayotganini fahmlashlari kerak.

Stadion inshooti ichkarisida bizning futbolchilarimizning haqorat qilinishi? Bu bayram hazillari edi.

Menga Vidal va Ardaning o'yinlari yoqdi. Turonning driblingi, maydonni ko'rishi va qiziq qarorlar chiqarishi rivojlanibdi. Vidal ko'p o'ynamadi, ammo menga yoqadigan sifatli o'yin ko'rsatdi", - deydiLuis Enrike.

Eslatib o'tamiz, "Espanol" futbolchilari uchrashuvda 10 sariq kartochka oldi, ulardan ikki nafari maydondan chetlatildi.

Яндекс.Метрика