У нас есть только
оригинальные песни

Luis Enrike: «Mag'lubiyatdagi asosiy aybdor menman»

calendar 03.10.2016
657

Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike "Sel'ta"dan uchralgan (3:4) mag'lubiyatdan keyin o'z fikrlarini bildirdi.

"Birinchi bo'limda biz birorta ham yakkakurashlarda g'alaba qozonmadik va bo'sh hududlardan foydalana olmadik. To'pni ko'proq nazorat qilmadik va pozitsiyalarni tanlashda noto'g'ri yo'nalishda ketdik.

Tanaffusdan keyin jamoa o'ziga keldi, biroq to'rtinchi gol barchasini o'ldirdi. Natija meni hayron qoldirmadi, uchta golni biz o'zimiz urdik, to'rtinchisini gapirishdan foyda yo'q.

Mag'lubiyatda asosiy aybni o'z zimmamga olaman. Biz jamoa sifatida g'alaba qozonamiz va mag'lubiyatga uchraymiz, biroq yutqazilgan o'yinlarda har doim asosiy aybdor menman. Mavsum endi boshlanmoqda, hali olg'a intilishda davom etamiz", - deydi Enrike.

Яндекс.Метрика