У нас есть только
оригинальные песни

Luis Suares La Liga tarixida qatorasiga ikkita o‘yinda to‘rtta gol kiritgan ilk futbolchi bo‘ldi

calendar 24.04.2016
788

“Barselona” hujumchisi Luis Suares Xixonning “Sporting” jamoasiga qarshi (6:0) Ispaniya chempionati 35-turida to‘rtta gol kiritib, La Liga tarixida qatorasiga ikkita o‘yinda to‘rtta gol kiritgan ilk futbolchiga aylandi , deb xabar beradi “Uff.uz”.

“Deportivo”ga qarshi (8:0) 34-turda urugvaylik futbolchi to‘rtta gol va uchta golli uzatma muallifi bo‘lgandi. Ushbu gollardan so‘ng Luis Suares kataloniyaliklar uchun barcha musobaqalarda kiritgan gollari soni 53 taga yetdi.

“Chempionat” nashrining xabar berishicha, 29 yoshli hujumchi “Barselona” tarkibida bir mavsum davomida 50 va undan ortiq gol kiritgan ikkinchi futbolchi bo‘ldi. Bundan avval bunday ko‘rsatkichga faqat Lionel Messi erishgan. Argentinalik sportchi to‘rt mavsumda 50 va undan ortiq gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Ispaniya chempionati doirasida Suaresning gollari soni 34 taga (3 tasi penaltidan) yetdi. To‘purarlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda borayotgan “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu hisobida 31 ta gol (6 tasi penaltidan) mavjud.

Яндекс.Метрика