У нас есть только
оригинальные песни

Luis Suares: Men 3 barobar ko'proq maosh evaziga ham "Barselona"dan ketmayman

calendar 04.12.2015
1181

"Barselona" jamoasining urugvaylik 28 yoshli hujumchisi Luis Suares jamoadan ketishni tasavvur ham qila olmasligini aytib o'tdi.

"Men "Barselona"dan ketmayman. Hatto boshqa bir jamoa uch barobar ko'proq maosh taklif qilsa ham. Bu shunchaki ilojsiz ish.

Men bu jamoada o'ynash uchun ko'p qiyinchiliklarga chidadim. Men hamisha "Barselona"da o'ynashni orzu qilgandim.

Yana aytishim mumkinki, Messi boshqa jamoada o'ynashini ham tasavvur qila olmayman. Bu ham shunchaki iloji yo'q ish.

Messida favqulodda talant bor. U faqat darvoza tomon o'ng oyog'ida ham zarba berishni o'rganib olsa, yanada yaxshiroq bo'ladi", - deydi Suares.

Ma'lumot uchun, Luis Suares 2014 yilning yozida "Liverpul"dan "Barselona"ga ko'chib o'tgandi. U joriy mavsumda kataloniyaliklar safida La Liganing 12 o'yinida ishtirok etib, 12ta gol urdi.

Яндекс.Метрика