Lukashenko O‘zbekistonga keladi: bu shunchaki “quruq” kelib-ketish bo‘lmaydi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 12-sentabr kuni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Sputnik Lukashenkoning tashrifidan muddao nima, degan savolga javob berishdan oldin ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holatiga nazar tashladi.

Belarus elchixonasi faoliyatiga 5 oy to‘ldi

O‘zbekistonda Minsk traktor zavodi mahsulotlariga talab katta.  2017—2018-yillarda O‘zbekiston Belarus davlatidan 10 million dollarlik traktor texnikasi va ehtiyot qismlarini xarid qilgan. Ammo rasmiy Minsk elchixonasining Toshkentda faoliyat yuritayotganiga endigina 5 oy to‘ladi.

Ya’ni Mustaqillik e’lon qilinganidan keyin Belarus O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan bo‘lsa-da, uning Toshkentda elchixonasi bo‘lmagan.

Bu qaror o‘rtadagi munosabatlarni yanada jadallashtirish maqsadida qabul qilingani tabiiy.

Toshkent va Minsk: o‘rtada qiziqarli tadbirlar ko‘p

Minsk va O‘zbekiston o‘rtasida jamoatchilik uchun qiziqarli tadbirlar allaqachon boshlab yuborilgan. Misol uchun, joriy yil aprel oyida Toshkentda Belarus madaniyati kunlari o‘tkazilgan edi. Minsk bunga javoban O‘zbekiston madaniyati kunlarini yil oxirida o‘tkazishni rejalashtirgan.

O‘zbekiston va Belarusni bog‘lovchi rishtalar ham bisyor. Ilgariroq, xabar berganimizdek, Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekiston Belarusdan ko‘plab ziyolilarga boshpana bergan. O‘zbek xalqi ularni o‘z qardoshidek qarshi olgan. Bunga yorqin misol tarzida yaqinda Toshkentda byusti ochilgan belarus yozuvchisi Yakub Kolasning xotiralarini misol keltirish mumkin.

Lukashenko Mirziyoyev haqidagi e’tirofi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘z rasmiy bayonotlaridan birida Shavkat Mirziyoyev bilan so‘nggi bir yil ichida 20 yil davomida qilingan ishlardan ko‘proq ishlarni amlaga oshirganini e’tirof etgan edi.

Eng qizig‘i, Lukashenko, bu o‘zgarishlarda O‘zbekiston rahbarining ulkan xizmatlari borligini ochiq tan olgandi.

“Mening xizmatim juda kam. Sizning prezidentingiz xizmati katta. U aqlli, iqtidorli inson, Bosh vazir sifatida ishlagan vaqtida butun dunyoni ko‘rgan, nafaqat Minsk-Toshkent, balki barcha yo‘nalishlarda vaziyatni hotirjam baholagan va katta sakrashni amalga oshirdi”, — degan edi Lukashenko.

Ikki davlat o‘rtasidagi turistik hamkorlik kuchayishi kutilmoqda

Belarus va O‘zbekiston turizm sohasida hamkorlikni kuchaytirishni rejalashtirgan. Belarus Sport vazirligi matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, tomonlar ushbu sohada aloqalarni faollashtirish vaqti kelganini e’tirof etishgan.

O‘zbekistonning Belarusga, Belarusning O‘zbekistonga taklif eta oladigan madaniy yodgorliklari: tarixiy obidalari, tabiiy resurslari, turistik xizmatlar majmui mo‘l, deyiladi xabarda.

Asosiy masala – axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yishda. Shuningdek, ikki mamlakatning turistik kompaniyalari uchun axborot turlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston va Belarus davlatlari bugun rahbarlar darajasida munosabatlarni mustahkamlaganiga qaramay, barcha sohalarda: xoh u turizm, sport, ta’lim yoki iqtisodiy hamkorlik bo‘lsin – rejalashtirilgan va amalga oshiriladigan ishlar mo‘l.

Demak, Lukashenkoning O‘zbekistonga tashrifi shunchaki “quruq” kelib-ketish bo‘lmaydi. Bu tashrif, Lukashenko ta’biri bilan aytganda, o‘zbek va belarus xalqlari dasturxoniga farovonlik olib keladigan tashrif bo‘lishi kutilmoqda.


Комментарии (0) | Добавить: 31.08.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi