У нас есть только
оригинальные песни

Lukoyl​ AYoQSh​ qachon va qayerda ochilishi ma`lum

calendar 19.03.2018
1067

20 mart kuni Toshkent shahrida Rossiyaning Lukoyl kompaniyasiga tegishli ilk avtomobillarga yoqilg'i quyish shoxobchasi ishga tushirilishi kutilmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, yangi AYoQSh Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumanidagi Parkent va Temur Malik ko'chalari tutashgan qismda joylashgan. Aniqlanishicha, Navro'z ayyomi arafasida ushbu markaz ishga tushiriladi. Hozircha narxlar rasman ma`lum qilinmadi, ammo ular tijoriy shartlar asosida belgilanishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, bundan avval Jizzakh Petrolium AYoQSh ishga tushirilgani, yangilangan narxdagi Ai-95, Ai-98 benzin turlari erkin savdoda paydo bo'lgani haqida xabar berilgandi.

Яндекс.Метрика