У нас есть только
оригинальные песни

Lyuk Bessonning kinokompaniyasi Rossiyaning “Kursk” suvosti kemasi haqida film oladi

calendar 19.08.2015
1044

Taniqli fransuz rejissori Lyuk Bessonning EuropaCorp nomli kino kompaniyasi Rossiyaning cho‘kib ketgan "Kursk” suvosti kemasi haqida film suratga oladi.

Filmga daniyalik kinematograf Martin Zandvliyet rejissorlik qiladi, ssenariyni Robert Rodat yozadi. Bu Zandvliyetning ingliz tilidagi ilk filmi bo‘ladi. Premyera qachonga rejalashtirilayotgani ma’lum qilinmagan.

"Kursk” yadro suvosti kemasi 2000-yil 12-avgust kuni Barens dengizida cho‘kib ketgan. Kema bortida bo‘lgan 118 nafar dengizchining barchasi halok bo‘lgan. Halokatga torpedo portlashi sabab bo‘lgani aniqlangan.

Яндекс.Метрика