У нас есть только
оригинальные песни

MA'YUS BOQAMAN...

calendar 12.09.2012
1831
MA'YUS BOQAMAN...

Ko’nglimning tubida og’riqlar bo’zlar
Bilmam kimga do’stman, kimga yoqaman.
Unutgin uni deb armonlar so’zlar
Men esa sen tomon ma’yus boqaman.

Shunchaki qalbimdan chiqolmaysan sen
Shunchaki ismingni ololmam tilga
Va shunchaki emasdir talpingan hilqat
Men esa sen tomon ma’yus boqaman.

Gohida so’zlarsiz anglamoq mumkin
Inson chehrasidan pok tuyg’ularni.
Sirni fosh etgan ko’zlar nam nechun
Men esa sen tomon ma’yus boqaman.

So’zlashar nigohlar uzoq-uzoqdan
Dillar ham lahzalar orom topgandek
Savollar qamraydi doim qiynoqdan
Men esa sen tomon ma’yus boqaman.

Oshiqning sevgidan ohi, fig’oni
Dardlashgan u yolg’iz to’rt misra bilan
Bilmadim,sog’indim sokin dunyoni
Umid-la sen tomon boqib turaman.

Mayli so’rashsinlar makoning qay deb
Shodlanib mamnun men ko’kka boqaman
Duch kelgan ilk baxting qani desalar
Sen tomon jimgina yosh-la boqaman...
Яндекс.Метрика