У нас есть только
оригинальные песни

Madaniyat va sport ishlari vazirligi ikkiga ajratildi

calendar 17.02.2017
1999

O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 15 fevral kungi farmoni asosida Madaniyat va sport ishlari vazirligi ikkiga ajratildi. Kun manbasining ma`lum qilishicha, farmon asosida Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi tashkil etiladi.

Madaniyat va sport ishlari vazirligi 2004 yilning sentabridan buyon Madaniyat ishlari vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi negizida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Madaniyat vazirligi markaziy apparati tuzilmasida vazir, birinchi o'rinbosar va vazir o'rinbosarlari bo'ladi.

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi markaziy tuzilmasi esa rais, birinchi o'rinbosar va rais o'rinbosarlaridan iborat bo'ladi. O'zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi direktori rais o'rinbosarlaridan biri hisoblanadi.

Madaniyat va sport ishlari vazirligiga 2015 yilning yozida Ahmedov Bahodir Majidovich rahbar etib tayinlangandi. Endi uning yangi tashkil etilgan vazirlikda qolish-qolmasligi bo'yicha hozircha ma`lumot yo'q.

Яндекс.Метрика