У нас есть только
оригинальные песни

Madaniyat vazirligi Sharof Rashidovga shaxsan tegishli bo'lgan buyumlarni xarid qiladi

calendar 20.10.2017
1201

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Sharof Rashidovga shaxsan tegishli bo'lgan buyumlarni xarid qilishi haqida ma`lum qildi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berilgan.

Qayd etilishicha, bu “Sharof Rashidov” nomli muzeyni yanada boyitish uchun amalga oshiriladi.

“O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 27 martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to'g'risida”gi PQ-2854-son Qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Sharof Rashidovning yorqin xotirasini ulug'lash va ochilishi rejalashtirilgan “Sharof Rashidov” nomli muzeyini yanada boyitish uchun Atoqli davlat arbobining shaxsan o'ziga tegishli bo'lgan foto, sovg'a tariqasida hadya qilingan buyumlar, dastxatlari tushirilgan kitoblar va boshqa vositalarni O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan xarid qilinishi e`lon qilinadi”, - deyiladi vazirlik saytidagi xabarda.

Яндекс.Метрика