У нас есть только
оригинальные песни

Madonna 19 yoshida nomusiga tajovuz qilingani haqida gapirib berdi

calendar 13.03.2015
10162


56 yoshli qo'shiqchi Madonna taniqli boshlovchi Govard Sternga bergan intervyusida u 19 yosh bo'lganda uning nomusiga tajovuz qilingani haqida gapirib berdi. Madonnaning aytishicha, bu uning Nyu-Yorkdagi hayotining birinchi yilida yuz bergan. U o'shanda atrofdagilarga nisbatan ishonuvchan va ko'ngilchan bo'lgan. Madonna kunlardan birida o'tkinchi odamdan telefon avtomatdan qo'ng'iroq qilib olish uchun ozroq pul so'ragan, biroq bu notanish kimsa unga o'z uyidan telefon qilishi mumkinligini taklif qilgan. Madonna ko'ngilchanligi tufayli bu odamga ishongan. Biroq bu odam uni uyiga olib borish o'rniga, bir uyning tomiga olib chiqib, uning nomusiga tajovuz qilgan. Madonna esa politsiyaga murojaat qilmaslikka qaror qilgan. O'tgan yilning dekabrida, Ledi Gaga ham aynan shu boshlovchiga bergan intervyusida, uning ham 19 yoshligida nomusiga tajovuz qilingani haqida gapirib bergandi. Manba:kun.uz
Яндекс.Метрика