loading...

 

Madonna o‘g‘lining narkotik saqlagani uchun hibsga olinishini oilaviy muammo deb hisoblaydi

Amerikalik taniqli xonanda Madonna 16 yoshli o‘g‘li Rokkoning giyohvand moddalarni saqlagani uchun hibsga olinishi yuzasidan bayonot berdi. U o‘smirning muammolari oila davrasida hal etilishini ta’kidlab o‘tdi, deb xabar beradi“Korrespondent.net”.

“O‘g‘limni qattiq yaxshi ko‘raman. Unga kerakli daldani berish uchun qo‘limdan kelgan ishni qilaman. Ushbu vaziyatda shaxsiy hayotimizni hurmat qilishni so‘rayman”, — dedi Madonna.

Madonna va taniqli britaniyalik rejissor Gay Richchining o‘g‘li bo‘lmish Rokko sentabr oyida Londonda hibsga olingan edi. O‘smirning yonidan marixuana topilishi bunga sabab bo‘lgani aytilmoqda. Ammo matbuot vakillari bu haqda endigina xabar topdi


Комментарии (0) | Добавить: 24.11.2016

Добавить комментарий
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash
loading...