Magistratura imtihonlariga yangi fan kiritildi

1-iyul kuni O‘zbekistonning barcha oliy ta’lim muassasalarida (harbiy OTMlardan tashqari) magistratura yo‘nalishlariga qabul komissiyalari ish boshladi. 

Joriy yilda magistraturaga 5 ming talaba, shundan 1556 nafari davlat granti, 3444 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan. Magistraturada umumiy kvotalar soni o‘tgan yilgiga qaraganda o‘zgarmagan.

20-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qarori bilan “Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi yangi nizom tasdiqlangan edi. Nizomga binoan, qabul jarayonlariga ayrim o‘zgarishlar kiritildi.

Shunga ko‘ra, magistraturaga quyidagi fanlardan yozma (yoki ijodiy) kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) bo‘lib o‘tadi:

magistratura mutaxassisligiga muvofiq keluvchi ta’lim yo‘nalishining maxsus fanlari (ikkitagacha);

Informatika va axborot texnologiyalari;

O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti;

chet tili (xorijiy filologiya, xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishlari bazasidagi mutaxassisliklar uchun ikkinchi chet tili).

Yangi kiritilgan informatika fanidan sinov 50 ballik tizimda baholanadi. Buning natijasida umumiy ballar miqdorida ham o‘zgarish bo‘ldi. Magistraturaga o‘qishga kirishda eng ko‘p (maksimal) to‘planishi mumkin bo‘lgan ball endilikda 400 ni tashkil etadi. Ilgari 350 ball edi.

Yana bir o‘zgarish — chet tili fanidan kirish sinovida qatnashmasdan maksimal ball beriladigan imtiyozli sertifikatlar soni kengaydi. Ilgari faqat TOEFL bo‘yicha kamida 58 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5 ball olganligi to‘g‘risida sertifikati bor abituriyentga avtomatik 50 ball berilar edi.

Endilikda bunda imtiyozli sertifikatlar ro‘yxatiga CEFR bo‘yicha kamida B2 daraja yoki DTM tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi haqidagi B2 yoki C1 darajasidagi sertifikat taqdim etganlarga ham chet tilidan 50 ball qo‘yiladi va ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi.


Комментарии (0) | Добавить: 02.07.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Sochlarni qanday qilib to‘g‘ri quritish kerak?
Shavkat Mirziyoyev Bosh prokuraturaga dori masalasini tanqidiy o‘rganishni topshirdi
«Barselona» Maskeranoning ketishini e’lon qildi
Rossiya shaharlariga qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
40 yosh ostonasidagi Rayhon: “Sizda oila yo'qmi, demak, hech narsangiz yo'q”
Toshkent viloyatida 38 mln so'mlik otlar o'g'irlab ketildi
Jahon chempionati kubogi O‘zbekistonga 6-fevralda keladi
«Facebook» yangi vaqt o‘lchov birligini yaratdi
Qur`oni karim lotin alifbosida ham chop etiladigan bo'ldi
Nokia besh kamerali smartfon ishlab chiqarmoqda
Osiyo chempionati dastlabki finalchisi aniq bo'ldi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xorijda ishlash istagida bo'lganlarga murojaat qildi
Orol dengizi suvida faqat bitta jonzot omon qoldi
Suvni qachon ichgan ma`qul: ovqatgacha, undan keyin yoki ovqatlanish davomida?
Rasman: O‘zbekistonda «Real Madrid» klubining futbol maktabi ochiladi
Ta’tildan qaytgach, ishga kirishish qiyin bo‘ladi. Nima qilish kerak?
Milliy xavfsizlik xizmati faoliyati ustidan Parlament nazorati mexanizmlari belgilanadi
Ulug‘bek Qodirov yangi qiyofada. Xiva xonligi bosh vazirining sirli o‘limi haqida film suratga olinadi
Toshkentda 6 kishi bir kishini temir va yog‘och bilan urib tashladi
«GM Uzbekistan» «Chevrolet Orlando» ishlab chiqarishni to‘xtatmoqda
Xitoyda sog'lom uyqu uchun antiqa karavot yaratildi
Suares «Barselona» tarixiga kirdi
O'zbekistonda o'lcham birliklari tartibga solinadi
Eronning eng yirik zamonaviy harbiy kemasi ikkiga bo'linib ketdi
Video: Prezident Shavkat Mirziyoyevni bir kuni
O‘zbekistonda anomal issiq havo harorati kuzatilmoqda
Neymarning o'rnini bilintirmayotgan futbolchi
Facebook o'z lentasida OAV yangiliklarini kamaytiradi
G'ijduvon va Urgutda Qur`on musobaqasi g'oliblari aniqlandi
Eron Turkiyaga ultimatum qo'ydi