У нас есть только
оригинальные песни

MAHALLADA DUV-DUV GAP!!!

calendar 19.09.2012
4368

MAHALLADA DUV-DUV GAP!!!

" Maxallada duv-duv gap" bu filmni nomini eshitishimiz bilan beixtiyor yuzimizga tabassum yuguradi va O'zbek xalqining eng yaxshi filmi sanaladi.Undagi aktyor va aktrisalar o'z obrazlarini maromiga yetqizib ijro etishgan.Bu film har bir tomoshabinni ko'nglidan joy olgan.Nafaqat O'zbekiston va markaziy Osiyo,balki Yevropa xalqlarini ham o'ziga jalb qila oldi.Dunyoning eng qadidiy hamda britaniyaning yirik universitetlaridan biri bo'lgan Kembrijda "shu yilning iyul oyida "O'zbek kino kechasi" bo'lib o'tgani so'zimizning yaqqol isboti sanaladi.bu kecha Kembrij universitetining o'zbek jamiyati,markaziy osiyo bo'yicha Kembrij forumi hamda taraqqiyotni tadqiq qilish markazi tomonidan tashkillashtirildi.
Universitetning Darvin kolleji kino zalida o'zbek kinosining noyob xazinalaridan biri bo'lgan "MAHALLADA DUV-DUV GAP" filmi ingliz tilida namoyish etildi.Ko'plab tomoshabinlar filmdan ,syujet liniyalari,aktyorlarning mahorati,shuningdek qahramonlarning insoniylik sifatlaridan katta taasurot olishdi.
Bu film yaratilganiga mana 52 yil bo'ldi.Shu yillar davomida o'z mavqeini saqlab tomoshabinlarni xushnud etib kelmoqda.Filmda rol ijro etgan aktyorlar bu dunyoni tark etishgan bo'lsada ular hamon bizning qalbimizdadir.Bu film musiqali komediya janrida bo'lib,1960 yil suratga olingan.
Filmda rollarni Xolida Isxakova,Roza Rizamuhammedova,Xamza Umarov,Lutfixonim Sarimsoqova,Mariyam Yoqubova,Razzoq Xamrayev,Raxim Pirmuhammedov,R.Madraximova To'lqin Tojiyev,Ikroma Boltayevalar ijro etishgan.
Яндекс.Метрика