У нас есть только
оригинальные песни

Mahatma Gandidan 10 o'git

calendar 21.12.2017
1214

Quyida Hindistonning Buyuk Britaniyadan mustaqilligi harakati g'oyasi asoschilaridan biri, hind siyosiy va jamoat arbobi Mahatma Gandi aytib o'tgan bir necha fikrlar keltirilgan.

1. O'zingizni o'zgartiring. “Agar dunyo o'zgarishini istasang, unda o'zing bu o'zgarish bo'l”.

2. O'z ustingizdan nazoratga ega bo'ling. “Mening roziligimsiz hech kim menga ziyon yetkaza olmaydi”.

3. Kechiring va esdan chiqaring. “Kuchsiz hech qachon kechirmaydi. Kechirimli bo'lish  kuchlilarga xosdir”. “Qasdma-qasd” tamoyili butun dunyoni ko'r qilishi mumkin”.

4. Harakat qilmay, hech narsaga erishmaysiz. “Bir gramm tajribangiz boshqalarning bir tonna nasihatidan qimmatliroqdir”.

5. Hozirgi kun bilan yashang. “Men kelajak qanday bo'lishini bashorat qilishni istamayman. Meni hozirgi kun tashvishlantiradi. Tangri menga kelgusida bo'ladigan hodisalarni boshqarish imkonini bermagan”. 

6. Barchamiz shunchaki odammiz. “Men shuni aytishim mumkinki, menga ham boshqa odamlar kabi yanglishish xosdir. Biroq, menda o'z xatoimni tan olish va yon bosish uchun yetarlicha mo'minlik bor”. “Donoligingga ishonish uncha ham dono ish emas. Shuni esda saqlash kerakki, eng kuchli odam ham zaiflik qilishi, eng dono odam ham xato qilishi mumkin”. 

7. Talabchan bo'ling. “Avval sizni sezishmaydi, so'ngra hamma ustingizdan kuladi. Keyin esa siz bilan kurashishadi, so'ngra siz g'olib bo'lasiz”.  

8. Odamlarda yaxshilik izlang va o'zingiz ham yordam qiling. “Men faqatgina yaxshi odamlarga ishonaman. Mening o'zim ham begunoh emasman va shu sababli boshqa odamlarning xatolariga e`tibor qaratishga haqliman, deb o'ylamayman”.

9. Barkamol, sofdil bo'ling va o'zligingizni yo'qotmang. “Baxt bu o'ylayotgan, gapirayotgan va qilayotganlaringiz uyg'un bo'lishidir”.

10. O'sishda va rivojlanishda davom eting. “Doimiy rivojlanish – bu hayot qonuni. Muntazamlik uchungina qat`iy qarashlarga amal qilishga urinadiganlar o'zlarini noto'g'ri holatga mubtalo qiladilar”. 

Яндекс.Метрика