У нас есть только
оригинальные песни

Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda

calendar 09.09.2018
1968

Bugun, 8 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida  “O‘zbekiston Respublikasi hududida majburiy mehnatga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi majburiy mehnatga qarshi kurashish maqsadida maxsus ishonch tarmoqlarini ishga tushirmoqda. Endilikda majburiy mehnatga jalb qilish holatlari kuzatilganda vazirlikning @mehnathuquqbot telegram tarmog‘iga xabar yo‘llash yoki  200-06-01 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkin. Har bir murojaat bo‘yicha tezkor chora-tadbir ko‘riladi. Bundan tashqari, paxta yig‘im-terimida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik va ixtiyoriy ravishda paxta terimiga chiqish istagida bo‘lgan fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash uchun @terimuzbot telegram tarmog‘i hamda terim.uz sayti faollashtirildi.

Яндекс.Метрика