У нас есть только
оригинальные песни

Makgregor rejasini oshkor qildi: u MMAga qaytadi

calendar 17.12.2017
1539

Irlandiyalik aralash uslublar (MMA) jangchisi Konor Makgregor o'zining kelgusi professional rejalari haqida hikoya qildi. Bu haqda TMZ xabar qilmoqda.

«Ko'ramiz, nima bo'larkin? Men kelgusi jangim haqiqiy jang bo'lishini xohlayman. Haqiqiy urishish. Bizda rosmana janglar qayerda bo'lardi?! Ha, mening navbatdagi jangim aralash yakkakurashlar qoidalari bo'yicha bo'lib o'tadi», — degan sportchi. 

U World Wrestling Entertainment (WWE) anjumanida qatnashishiga doir savolga salbiy ohangda javob qaytardi. «WWE kurash tomoshasida ishtirok etish? Quysangiz-chi, WWE istagan joyiga boraversin», — deya qayd etgan irlandiyalik sportchi.
Eslatib o'tamiz, 2017 yil avgustida Makgregor Floyd Meyuezerga boks qoidasi bo'yicha jangda mag'lub bo'lgandi. Amerikalik 10-raundda texnik nokaut bilan raqibini mag'lub etdi. 

Яндекс.Метрика