У нас есть только
оригинальные песни

Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi

calendar 09.09.2018
3081

Mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) amaldagi chempioni bo'lgan qiz Rouz Namayunas Konor Makgregorning avtobusga hujumidan so'ng ruhiy jihatdan o'ziga kela olmayapti. 

30 yoshli irlandiyalik 2018 yilning aprel oyida tashkilot avtobusiga hujum qildi. Shu paytda UFC jangchilari, jumladan Habib Nurmagomedov va Namayunas transportda bo'lishgan.

«U hamon uyidan chiqmayapti va jamoat joylariga tashrif buyurmayapti. Yonida odamlar ko'payib ketsa: «Nimadir yuz beradi», deb o'ylamoqda.

Bu xuddi 9 sentabr teraktini boshidan o'tkazishdek - siz o'z shahringizda ham o'zingizga joy topa olmaysiz. Har gal liftga kirib, portlashlar haqida o'ylaysiz», - deya Namayunasning murabbiyi Trevor Vittman so'zlarini keltiradi Bloody Elbow.

Яндекс.Метрика