У нас есть только
оригинальные песни

Makgregor UFC reytingida birinchi o'ringa ko'tarildi

calendar 02.08.2018
1654

Universal kurash uslubi vakili, irlandiyalik jangchi Konor Makgregor Mutloq jangchilar chempionati (UFC) yengil vazni reytingida birinchi o'ringa chiqib oldi.

2016 yil noyabr oyidan buyon jang o'tkazmagan bo'lsa-da, 30 yoshli irlandiyalik reytingda amerikalik Toni Fergyusondan o'zib ketib, yuqori pog'onaga ko'trildi. Uchinchi o'rinni yana bir amerikalik Dastin Pore egallab turibdi.

Eslatib o'tamiz, yengil vaznda UFC chempioni rossiyalik Xabib Nurmagomedov hisoblanadi. Reytingdagi o'zgarishdan so'ng, Makgregor chempionlik uchun asosiy da`vogarga aylandi. Avvalroq, Nurmagomedov - Makgregor jangi 6 oktabr kuni Las-Vegasda o'tkazilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Makgregor UFC tizimidagi eng mashhur jangchilardan biri hisoblanadi. U 24ta jang o'tkazib, 21ta g'alabaga (18tasi muddatidan oldin) erishgan va uch marta mag'lub bo'lgan. U bir vaqtning o'zida turli vazn toifasida (yengil va yarim yengil vaznda) chempion bo'lgan UFC tizimidagi yagona jangchidir. Shu yilning yanvar oyida Makgregor faol bo'lmagani tufayli (2016 yildan beri jang o'tkazmagan), yengil vazndagi chempionlik unvonidan mahrum qilingan edi.

Nurmagomedov esa UFC chempioni bo'lgan ilk rossiyalikdir. Aprel oyi boshida u amerikalik El Yakvinta ustidan zafar quchdi. Xabib o'z faoliyati davomida 26ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan (16tasida muddatidan oldin).

Яндекс.Метрика