У нас есть только
оригинальные песни

Makkada Haj amallari nihoyasiga yetdi

calendar 03.09.2017
1183

3 sentabr, yakshanba kuni Saudiya Arabistonida Haj amallari nihoyasiga yetdi. Bu haqida mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berdi. 

Xavfsizlik xizmatlari boshlig'i Xolid Al-Harbiyning ma`lum qilishicha, 2017 yilgi Haj ziyorati vaqtida tirbandlik holatlari qayd etilmagan. 

Bundan avval jahonning turli davlatlaridan kelgan 2 millionga yaqin musulmon ziyoratchi besh kunlik haj amallarini bajarayotgani haqida xabar berilgandi.  

Ta`kidlash joizki, joriy yil 7350 nafar o'zbekistonlik ziyoratchi “O'zbekiston havo yo'llari” MAKning Toshkent-Madina, Buxoro-Madina, Samarqand-Madina, Qarshi-Madina, Namangan-Madina, hamda Urganch-Madina yo'nalishlarida haj safariga kuzatilgan. Hojilar uchun mehmonxona, tibbiy markaz, oshxona va boshqa tashkiliy masalalarni hal etish maqsadida 10 nafar ishchi guruhi a`zosi Saudiya Arabistoniga safarbar etilgan. 

O'zbekistonlik ziyoratchilar uchun Madina shahrida “Masjid an-Nabaviy”dan 100-150 metr uzoqlikda joylashgan “Javharat ar-Roshid”, Makka shahrida esa Haramdan 5000 metr uzoqlikdagi to'rt yulduzli “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasi xizmat ko'rsatgan. Har bir xona muzlatgich, televizor hamda konditsionerlar bilan jihozlangan. 24 soat davomida zamonaviy avtobuslarda ziyoratchilarni Makka shahridagi Haram masjidiga tashish yo'lga qo'yilgan.

O'zbekistonlik ziyoratchilar Haj safaridan 8-24 sentabr kunlari qaytishlari rejalashtirilgan. “Haj-2017” mavsumi ziyoratchilarining oxirgi reysida 74 nafar Ikkinchi Jaxon Urushi qatnashchilari va ularga hamrohlik qiluvchilarni safarga yuborilgan bo'lib, ularni birinchi reys bilan O'zbekiston qaytarib olib kelish rejalashtirilgan.

Яндекс.Метрика